Xorijiy filologiya fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi talabalari xalqaro miqyosda oʻz bilim va tajribalarini boyitib kelmoqda. Shulardan biri, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)” yoʻnalishi talabasi Rustamova Dilshoda Germaniyaning nufuzli Bauhaus-Universität Weimar oliygohida DAAD tomonidan tashkil etilgan yozgi kursda ishtirok etmoqda.


Bauhaus-Universität Weimar – Bauhaus sanʼat va meʼmorchilik maktabi anʼanalari asosida shakllangan hamda bugungi kunda sanʼat, dizayn, meʼmorchilik, muhandislik va gumanitar fanlar yoʻnalishida yetakchi markazlardan biri hisoblanadi. Universitet kampusi 1996-yildan buyon UNESCO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Mazkur yozgi kurs talabalarga nemis tilini chuqur oʻrganish, Germaniya madaniyati va tarixini yaqindan anglash, shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlar bilan ilmiy hamda madaniy aloqalar oʻrnatish imkonini beradi.