Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OʼZMU NIHOLLАRI – DАVLАT BOSHQАRUV АKАDEMIYФSIDА

Bugun Jurnalistika fakulteti hamda Taekvondo va sport faoliyati fakultetlarining talabalari OʼzMU talaba-yoshlari nomidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boʼlib oʼtgan Yangi Oʼzbekiston hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy, tarixiy xodisa boʼlmish Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Narbaeva Tanzila Kamalovnaning yillik hisobotini tinglash, toʼgʼridan-toʼgʼri muzokara jarayonlarida qatnashishdek sharafga musharraf boʼlishdi.

Senat raisining xisoboti oldidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus boʼyicha koʼrgazma va badiiy chiqishlar ham tashkil etildi.

Hisobot anjumanida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining xisobotidan soʼng muzokarada soʼzga chiqqan OʼzMU Jurnalistika fakulьteti 1-bosqich talabasi Feruza Nuriddinova Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarmogʼidagi davlat telekanallarida OʼzMU Jurnalistika fakulteti talabalari uchun haftasiga bir soatlik bepul efir vaqtini ajratish, shuningdek, Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlarning oʼquv-gazetasini taʼsis etish taklifi bilan chiqdi.

Talaba Feruza Nuriddinovaning taklifi Oʼzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, senator Qudratilla Rafiqov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori, senator Minxojiddin Xodjimatov va senator Baxtiyor Sayfullaev tomonidan qiziqish bilan tinglandi va taklif ijobiy baholanib, bir ovozdan qoʼllab-quvvatlandi.

Аnjuman yakunida Senatorlar tomonidan shunday iqtidorli talaba-yoshlarni, mamlakatimiz umidining nihollarini tarbiyalayotgan, taʼlim berayotgan Oʼzbekiston Milliy universiteti jamoasi va rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etildi.

Ravshan OMONOV,

Jurnalistika fakulteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari