Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

OʼzMU “Tokio-2020” yozgi olimpiadasiga tayyorgarlik koʼrmoqda

Shu kunlarda Osiyo, Yevropa va duniyoning boshqa davlatlarida joriy yilning yoz oylarida Yaponiyaning Tokio shahrida boʼlib oʼtadigan “Tokio 2020” yozgi olimpiyada va paralimpiyada oʼyinlarida ishtirok etish uchun yoʼllanma beruvchi bir qator sport musobaqalari va turnirlari tashkil etilmoqda. Jumladan, 2021 yilning 20-24 may kunlari Iordaniyaning Аmman shahrida sportning taekvando turi boʼyicha “Tokio 2020” yozgi olimpiyadasiga toʼgʼridan toʼgʼri yoʼllanma beruvchi Osiyo saralash turniri oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur saralash turniri oldidan joriy yilning 18 aprelь kunidan boshlab Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Sport majmuasida Ozarbayjon, Qozogʼiston va Oʼzbekiston milliy terma jamoalari hamkorlik oʼquv-yigʼin mashgʼulotlarini oʼtkazishmoqda.

Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur oʼquv-yigʼin mashgʼulotlarida Oʼzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvando va sport faoliyati fakulьtetining talabalari ham ishtirok etishmoqda.
Sportchi-talabalarimizga “Tokio 2020” yozgi olimpiyadasiga toʼgʼridan toʼgʼri yoʼllanma beruvchi Osiyo saralash turnirida muvafaqqiyatli ishtirok etib, Tokioda boʼlib oʼtadigan olimpiadaga yoʼllanma olishida omad tilaymiz.

Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi