Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Oliy sud rahbariyati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Bugun, 1-noyabr kuni Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov va Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Muxitdinov O’zbekiston Milliy universitetida bo‘lib, bo‘lajak huquqshunos talabalar bilan muloqot qildi.

Unda so’nggi yillarda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, Oliy sud tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o’tildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda professor-o’qituvchilar hamda talabalar bilan o’zaro fikr almashildi.