Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Olmazor tumani rahbarlari talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

 

O‘zbekiston Milliy universitetida Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Olmazor tumani prokurori Ahror Axunov, Olmazor tumani IIB FMB boshlig‘i Ibrohim Xasanov, shuningdek Olmazor tumani Soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Shuhratovich ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq madaniyatini shakllantirish hamda davlat organlari bilan ochiq va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Mutasaddilar tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi yangiliklar va amaliy tavsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.