Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Olmazor tumanidagi 249-maktabda ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Olmazor tumanidagi 249-maktabda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va O‘zbek filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori R. Sayfullayeva, dotsent A. Ubaydullaev, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti Sh. Xo‘jiyevalar hamda fakultetning 416-guruh bitiruvchi talabalari qatnashishdi.

Tadbir davomida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar tinglandi. Professor-o‘qituvchilar o‘quvchilarga tilimizning boy ilmiy-adabiy merosi, uning bugungi kunda rivojlanishi va ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlar berdilar. Talabalar esa o‘quvchilarga adabiyot va jurnalistika sohalarida ta’lim olishning afzalliklari va shaxsiy tajribalari haqida so‘zlab berishdi.

Tadbir yakunida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ustozlardan batafsil javob olishdi. Ushbu tadbir yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirib, ta’limiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.