Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Orol dengizini ekologik tiklash va boshqarish” mavzusida simpozium o‘tkazildi

24-25 noyabr kunlari Xitoy Fanlar Akademiyasi Shinjon Ekologiya va geografiya insituti va O‘zbekiston Milliy universiteti tashabbusi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida “Orol dengizini ekologik tiklash va boshqarish” mavzusida simpozium o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72 sessiyasida Orol muammosini ko‘tarib chiqqanligi va bunga jahon hamjamiyatini e’tiborini jalb etganligi ham ushbu simpoziumni o‘tkazishga asoslardan biri bo‘lib xizmat qildi. 2019yil 13oktabrda aynan shu muammo yuzasidan Xitoy va O‘zbekiston mamlakatlari hamkorligida “Urumchi deklaratsiyasi” imzolandi.

Simpozium davomida Orol dengizining rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi va inson faoliyati, innovatsion texnologiyalar va yashil tabiat, barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar ingliz va rus tillarida sinxron tarzda olib borildi.

O‘zMU Biologiya fakulteti dekani, professor To‘xtasin Abdurahmonov: – «O‘zMU biologiya fakulteti Orol dengizi bo‘yida ikkita o‘quv amaliy poligoni tashkil etgan. Ikkinchi o‘quv-amaliy poligoni aynan Xitoy Fanlar Akademiyasi Shinjon Ekologiya va Geografiya insituti bilan hamkorlikda tashkil yetilgan. U yerda orolni ko‘kalamzorlashtirish uchun ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda va ko‘chatlar o‘tkazilmoqda. Simpozium o‘tkazishdan maqsad Xitoy bilan bu borada yanada kengroq tajriba almashish, ularning bu boradagi ko‘nikmalarini o‘rganishdan iborat. Chunki, Urumchi akademiyasi o‘rganayotgan hudud Orolga yaqinroq va ularda ham cho‘l mintaqasi bor. Bundan tashqari, avvaldan Xitoyda Orol muammosini o‘rganib kelgan olimlar bo‘lgan. Endigi maqsad ularni barini uyg‘unlashtirishdan iborat. Orolni obodonlashtirish u yerda namlikni oshirish maqsadida “turban” metodlari o‘rganildi va ushbu hududga mos o‘simliklarni rayonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Xitoy bilan hamkorlikda Orol muammosini yechimlarini topish maqsadida qo‘shma laboratoriya tashkil etilmoqda”. Simpoziumda ko‘plab xorijlik professorlar, bilan bir qatorda O‘zbekistonlik yosh biolog olimlar ham o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Shunday yosh tadqiqotchilardan biri, O‘zMU Biologiya fakulteti tayanch doktaranti Jumayev Alisher simpozium haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tarkan, “bu xalqaro hamkorlik o‘tgan yilning kuzidan boshlangan. Ilk simpozium Xitoyda bo‘lib o‘tdi va unda O‘zMUdan 30 nafar vakillar qatnashdilar, ushbu simpozium esa boshlangan hamkorlikni davomi sifatida bo‘lib o‘tmoqda. Simpozium doirasida “Ekobiome” nomli qo‘shma laboratoriyaning ham ochilishi bo‘lib o‘tdi”- deya ta’kidladi.

Bunday simpoziumlarni o‘tkazishdan maqsad Orol bo‘yi mintaqasi mikrobiomini yaxshilash va qurg‘oqchilikni ilmiy yo‘l bilan bartaraf etishdan iborat. Chunki, bunday muammolarni ilmiy nuqtai nazardan o‘rganmasdan turib hal etib bo‘lmaydi. Xalqaro tajriba va ilm yo‘lidagi hamkorlik esa bu borada faqatgina yuqori natijalarni olishga xizmat qiladi.

Simpoziumga qabul qilingan abstraktlar “ScientificJournalofRegionalSustainability” ilmiy jurnalida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.