Qurbanova Muhabbat – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
e-mail:
Bugungi kunda Jurnalistika fakulteti tarkibidagi O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 1991-2016 yillarda, ya’ni mustaqillikning 25 yili davomida O‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibida bo‘lgan. O‘zbek tilshunosligi (kaf. mudiri prof. K.Nazarov, Yo.Tojiev, R.Sayfullaeva, prof. M.Qurbonova), Umumiy tilshunoslik (kaf. mudiri prof. Sh.Raxmatullaev, dotsent M.Qodirov, A.Juraev, X.Dadaboev, dotsent B.Abdushukurov), Fakultetlararo o‘zbek tili va turkologiya (kaf. mudiri I.Qo‘chqortoev, dotsent A.Rafiev, X.Qahhorova) kabi 3 kafedra tilshunoslik fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borgan. Ayub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligining poydevorini yaratdi. O‘zbekistonda yirik tilshunoslik maktabini barpo etdi. Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarida, nufuzli ilmiy tekshirish institutlari va boshqa ilmiy markazlarida, ana shu maqtab vakillari, olimning shogirdlari o‘zbek tilshunosligining sardorlari sifatida ijod qilmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2527-sonli qarorining ilovasiga asosan O‘zbek tili va nutq madaniyati kafedrasi tashkil etildi. Kafedra universitetning 10 ta fakultetida bakalavriatning 36 yo‘nalishi va magistraturaning 67ta mutaxassisligi bo‘yicha talabalarga o‘zbek, rus tillari hamda nutq madaniyati fanlaridan saboq berib keldi. Kafedrani 2016 yilning sentyabr oyidan f.f.n. dos. M.T.Abduraxmanova boshqardi. 2017 yil sentyabr oyidan kafedra “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi deb qayta nomlandi. 2018 yildan keyin O‘zbek filologiyasi kafedrasi qayta tiklandi, Filologiya tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) kechki, sirtqi yo‘nalishi, Lingvistika (o‘zbek tili) va Kompyuter lingvistikasi mutaxassisliklari, 10.00.11 – Til nazariyasi va kompyuter lingvistikasi, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi ochildi.
2019-yil noyabr oyidan O‘zbek tilshunosligi kafedrasi alohida kafedra sifatida faoliyat yurityapti. Hozirgi kunda kafedra mudiri professor Kurbanova Muhabbat boshchiligida kafedrada 23 ta asosiy va 7 ta o‘rindosh professor-o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda.
Kafedra o‘z tarixi davrida bir necha kitoblarni chop ettirdi. Professor Yo.Tojievning “O‘zbek tilida affiksal sinonimiya” (fe’l yasalishi,fe’l yasovchilar, fe’l shakllari hosil qiluvchilar 1992), “O‘zbek tili morfemikasi” (1992), “O‘zbek tili grammatikasi” 1999), “O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari” (Darslik, hammualliflikda 1994, 2006),
Professor R.Sayfullaeva… «Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (R.Sayfullaeva va b.), professor M.Qurbonovaning “Zamonaviy morfologiya” (jamoa bilan hamkorlikda) 2009, “O‘zbek dialektologiyasi” , “Kompyuter lingvistikasi” (A.Po‘latov), “Xorijiy sotsiolingvistika” ( H.Dadaboev, Sh.Usmonova), “Turkiy tillarning etimologik lug‘ati” (Sh.Rahmatullaev), “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” (Sh.Rahmatullaev), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (M.Qodirov va b.), “Tilshunoslik nazariyasi” (Z.Xolmanova, 2019), “O‘zbek tili” (M.Abdurahmanova va b.2018 ), “Hozirgi o‘zbek tili” (R.Sayfullaeva va boshqalar. 2010), “Hozirgi o‘zbek tili” (R.Sayfullaeva va boshqalar. 2021) darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan oliy ta’lim tizimida faol qo‘llanilmoqda.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor o‘qituvchilari filologiya sohasidagi jahonning yetakchi ilmiy maktablari bilan aloqa o‘rnatgan, Anqara universiteti (Turkiya), Baku-Slavyan universiteti Gumilev nomidagi Yevrosiyo universiteti va Al Farobiy nomidagi Milliy universiteti va boshqa ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy va pedagogik ishlar olib borilmoqda. Ular natijasida bir necha xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda, qo‘shma dasturlar asosida til va adabiyot bilimlari o‘qitilmoqda.
Bino manzili: O‘zMU 1-bino 1-qavat 104-xona O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
№ | Fan nomi | Fan hakida qisqacha ma’lumot |
1 | Hozirgi o‘zbek tili | Xozirgi o‘zbek adabiy tilining sathlari, til birliklarining struktur-semantik, funksional xususiyatlari, fonetika va fonologiya munosabati, nutqning og‘zaki va yozma shakllari, turg‘un birikmalarning xususiyatlari yoritilgan. |
2 | O‘zbek tili o‘qitish metodikasi | O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, fanning ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabati, mazkur munosabatni zamonaviy ta’lim standartlari asosida tahlil qilish. O‘zbek tili va adabiyot darslari jarayonida o‘quvchilarga fan doirasida bilim berish, badiiy va ilmiy adabiyotlar mutolaasiga yo‘naltirish, yozma va og‘zaki nutqiy kompetensiyasini shakllantirish. |
3 | O‘zbek tili tarixi | «O‘zbek tili tarixi» fani o‘zbek tilining bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiy etish dinamikasini kuzatish, davrlar osha yetib kelgan qo‘lyozma manbalar va ularning mavjud nashrlaridagi ashyoviy materiallarga suyangan holda fonetik, morfologik, leksik hamda sintaktik xususiyatlari haqida bilim berish vazifasini bajaradi. Fanni o‘qitishdan maqsad – tarixiy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalarini tahlil qilish, o‘zbek tili tarixini davrlashtirish masalasiga munosabat bildirish, eski turkiy adabiy til va uning yodgorliklarini tavsiflash, eski o‘zbek adabiy tili va shu tilda bitilgan yozma manbalarni tahlil qilish, o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, o‘zbek adabiy tilining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, o‘zbek adabiy tilining qardosh turkiy tillar bilan munosabatini faktik material asosida yoritish ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan iborat. |
4 | Tilshunoslik nazariyasi va umumiy tilshunoslik | Tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til-lison-nutq munosabati yoritilgan. |
5 | O‘zbek dialektologiyasi | O‘zbek dialektologiyasi fani doirasidagi asosiy masalalarni, dialektal ushunchalarni, o‘zbek dialektologiyasi nazariy asoslari, amaliy jihatlari, transkripsiya, lingvistik xarita haqida bilim berish, ulardan amalda foydalanish ko‘nikma hamda malakasini shakllantirishdan iborat. O‘zbek dialektologiyasining fan sifatidagi xususiyatlari, «dialekt», «lahja», «sheva» terminlarining mazmun-mohiyati, umumxalq tilining tarkibiy qismi, lahja va shevalarning tarqalish hududi, o‘zbek lahjalari, shevalariga xos xususiyatlar, shevalar tasnifi, fonetik, leksik hamda grammatik o‘ziga xosliklari haqida tasavvur paydo qilish. |
6 | Tilshunoslikka kirish | Tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til-lison-nutq munosabati yoritilgan. |
7 | Turk tili | tilning funksional tasniflari, til va jamiyatning o‘zaro bog‘likligi |
8 | Sotsiolingvistika | Tilning ijtimoiy tabiati, til va jamiyatning o‘zaro bog‘likligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari yoritilgan. |
9 | Kompyuter lingvistikasi | Kompyuter lingvistikasini o‘zlashtirish Zamonaviy dasturlar yordamida OAV texnika va texnologiyalaridan foydalanish.internetda ishlash va uni amalda qo‘llash |
10 | Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi | Tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til-lison-nutq munosabati yoritilgan. |
11 | O‘zbek tili | O‘quv va ilmiy, kasbiy, ijtimoiy-madaniy sohalarida o‘zaro fikr almashinuvini shakllantirish,o‘zbek va rus tillarini chuqurroq o‘rganish. |
Magistratura
№ | Fan nomi | Fan hakida qisqacha ma’lumot |
1 | Korpus lingvistikasi | Fanni o‘qitishdan maqsad – korpus, korpusning o‘ziga xos xususiyatlari, uning ijtimoiy, leksikologik, ta’limiy va boshqa sohalardagi ahamiyatini anglatish, korpus lingvistikasi tarixi, korpus turlari, korpuslarning lingvistik qimmatini tushuntirish, o‘zbek tili milliy korpusini yaratishning lingvistik asoslarini tahlil etish va talabada Milliy korpusni yaratish malakasini shakllantirish. |
2 | Lingvokulturologiya | «Lingvokulturologiya» fanini o‘qitishdan maqsad – magistrant-talabalarni etnik madaniyatning dunyoqarashi va shaklini ifodalovchi universal vosita bo‘lgan til bilan tanishtirish, ularda til va madaniyat munosabati, hozirgi o‘zbek tilshunosligi, uning bo‘limlari haqida bilim ko‘nikmalarini shakllantirishda lingvokulturologik aspektda yondashish, fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis bo‘limlari predmetida til va madaniyat munosabatlarining aks etish darajasini tahlil qilish salohiyatini shakllantirishdan iborat. |
3 | Psixolingvistika | magistrantlarga nutq faoliyati zamiridagi jarayonlarni, xususan, nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish, kodlash va dekodlash, til qobiliyati, tilni egallash, kommunikatsiya, shuningdek, individ ruhiyatida kechayotgan psixik hodisalarning nutqdagi ifodasini psixologik va lingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilishdan iborat. |
4 | Mashinali tarjimon texnologiyalari | Fanni o‘qitishdan maqsad – «Mashina tarjimasi» fanida zamonaviy mashina tarjimasi, mashina tarjimasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, mashina tarjimasi tizimida analiz va sintezni ta’minlovchi formal operatsiyalarning berilishi, mashina tarjimasi strategiyasi, avtomatlashgan va yarimavtomatlashgan tarjima tizimi, mashina tarjimasining foydalanish sohasi, uning amaliy ahamiyati va dolzarbligi, mashina tarjimasining lingvistik muammolari, tarjima yordamida leksik ekvivalentlarni tanlash usullari va polisemiya, morfologik va atoqli otlarni tarjima qilishdagi muammolari, terminlarni tarjima qilish, ilovalarni tarjima qilish kabi tushunchalar va ularga oid bo‘lgan masalalar ko‘riladi. |
5 | Pragmalingvistika | lisoniy imkoniyatlarning nutqiy voqelanishida vaziyat va shaxs omili masalalarini tadqiq qiluvchi hamda ona tilidan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy masalalari yuzasidan bahs qiluvchi pragmalingvistika muammolari haqida bilim olishlariga erishish hamda turli matnlarni lingvopragmatik tahlil etish va o‘rgatishdan iborat. |
6 | Tabiiy tillar jarayoni uchun statistik metodlar | bo‘lajak mutaxassisning kasb sohasida egallashi lozim bo‘lgan tabiiy tillar jarayoni uchun statistik metodlarni o‘rganish haqida ma’lumot berish, unga turli xil yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklarini tushuntirish, turli xil yondashuvlardan foydalanadigan bir nechta pog‘onalarini o‘rganish hamda amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar
№ | Tadqiqotchi Professor- o‘kituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Qurbonova Muhabbat Matyakubovna | F.f.d.,prof | O‘zbek tilshunosligida formal-funksional yo‘nalish va sodda gap qurilishining talqini |
2 | Sayfullaeva Ra’no Raupovna | F.f.d.,prof | Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma gaplarning formal-funksional talqini |
3 | Abduraxmanova Muqaddas Tursunalievna | F.f.n.,dotsent | O‘zbek va turk tillarida ot kategoriyalarining qiyosiy tadqiqi. Turkiy tillar. |
4 | Keldiyorova Gulchehra Saydievna | F.f.n.,dotsent | O‘zbek badiiy nutqida antiteza |
5 | Alavutdinova Nodira Ganievna | P.f.n | Ona tili darslarida mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi(5-sinf misolida) |
6 | Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich | F.f.n., v.b.dos. | «Lug‘ati turkiy»ning leksikografik tadqiqi |
7 | Fattaxova Dilorom Abduraxmanovna | P.f.n | Metodika obucheniya sredstvam rechevoy vыrazitelnosti uzbekskogo yazыka russkoyazыchnыx studentov yazыkovыx vuzov |
8 | Bekmuxamedova Nargiz Islamovna | o‘qituvchi | Reklama matnlarining sotsiopragmatik hususiyatlari |
9 | Inogamova Nargiza Shavkatovna | o‘qituvchi | Iqbol Mirzo asarlarining lingvopoetik tahlili |
10 | Xalmuxamedova Umida Rasulovna | o‘qituvchi | O‘zbek tilli guruh talabalari nutqini o‘stirish omillari |
11 | Isroilova Saodat Turopovna | o‘qituvchi | «Ko‘k» leksemasi semantikasi va tezaurusi |
12 | Topildieva Feruza Rahimjonovna | o‘qituvchi | Farida Afro‘z ijodida lingvokulturologik xususiyatlar |
13 | Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘li | o‘qituvchi | Huquq sohasi tezaurusini yaratishning lingvistik tamoyillari |
14 | Aliev Faxodbek Mirzoulug‘bek o‘g‘li | o‘qituvchi | Navoiyning nasriy asarlarida Qur’on oyatlari va hadislarning berilishi |
15 | Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi | o‘qituvchi | O‘zbek tili. Badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik(PhD) |
16 | Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi | f.f.f.d.(PhD), dotsent | Inglizcha matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish dasturining lingvistik ta’minoti |
17 | Nasrieva Dilnoza Muhiddinovna | o‘qituvchi | Isajon Sulton asarlari lingvopoetikasi |
18 | Qobilova Nargiza Eshimovna | o‘qituvchi | Badiiy matnda abzasning pragmalingvistik xususiyati |
19 | Baxodirova Shaxlo Baxodirovna | o‘qituvchi | Og‘zaki nutqni shakllantirishning psixolingvistik asoslari |
20 | Xo‘jamqulova Maxbuba Bobonazarovna | o‘qituvchi | Sodda gapda kommunikatsiya va pragmatika munosabati |
21 | Abdusagatova Firuza Xamidovna | o‘qituvchi | O‘zbekiston radiosida mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar masalasining yoritilishi |
22 | Rasulov Namoz Murodulloevich | o‘qituvchi | O‘zbek tili evfemizmlarida olam lisoniy manzarasining aks etishi |
23 | Tairov Zair Tairovich | F.f.n., dotsent.,prof | O‘zbek tilida pragmatik semalarning hosil bo‘lishi va ularda sub’ektiv munosabatlarning yuzaga chiqishi |
Mahalliy va xorijiy hamkorlik
Joriy yilda Universitet reytingini oshirish maqsadida barcha kafedralar tomonidan ko‘plab xorijlik professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etildi va bu jarayon hanuz davom etmoqda. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Turkiya davlati Anqara universiteti professori Aynur O‘z O‘zjon, Turkiya davlati Niyda Xolisdemir universiteti professori Hikmat Korash, Turkiya davlati Bartin universiteti professori Zilola Xudoybergenova, Baku Slavyan universiteti professori Nurida Navro‘zova, Turkiya davlati Firat universiteti professori Erjan Alkaya, L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Qarlig‘ash Sarakenova, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti professori Raushangul Avakovalarning soatbay asosida kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruza darslarini olib bormoqda. Federal 300 talikka kiritilgan Qozon Davlat universiteti professori Gayrat Samiullinni chaqirishni rejalashtirganmiz. Bu universitetlardan Baku Slavyan universiteti, Turkiya davlati Firat universiteti , L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti professori Qarlig‘ash Sarakenova , Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetlari bilan Memorandum imzolangan.
Universitetning milliy reytingini oshirish uchun kafedramiz jamoasi hamda xamkor universitetlar doirasida xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazilmoqda. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tomonidan avgust oyida “Ta’lim jarayonida nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Kafedra tarkibi
№ | Familiya ismi sharifi | Elektron pochta |
Qurbonova Muhabbat Matyakubovna | qurbonova2007@mail.ru | |
Sayfullaeva Ra’no Raupovna | r.sayfullayeva@nuu.uz | |
Abduraxmanova Muqaddas Tursunalievna | MPARFI2005@yandex.ru | |
Keldiyorova Gulchehra Saydievna | n.keldiyorova@nuu.uz | |
Alavutdinova Nodira Ganievna | n.alavutdinova@nuu.uz | |
Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich | a.ubaydullayev@nuu.uz | |
Fattaxova Dilorom Abduraxmanovna | d.fattoxova@nuu.uz | |
Bekmuxamedova Nargiz Islamovna | n.bekmuxamedova@nuu.uz | |
Inogamova Nargiza Shavkatovna | Inagamova74@gmail.com | |
Xalmuxamedova Umida Rasulovna | u.xalmuxamedova@nuu.uz | |
Isroilova Saodat Turopovna | israilovasaodat64@gmail.com | |
Topildieva Feruza Rahimjonovna | n.topildiyeva@nuu.uz | |
Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘li | uzochilbek91@gmail.com | |
Aliev Faxodbek Mirzoulug‘bek o‘g‘li | farhod.aliyev94@mail.ru | |
Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi | mahfuzaxon.xomidova@mail.ru | |
Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi | abdurahmonova.1987@mail.ru | |
Nasrieva Dilnoza Muhiddinovna | delmik1979@gmail.com | |
Qobilova Nargiza Eshimovna | n.qobilobva@nuu.uz | |
Baxodirova Shaxlo Baxodirovna | Shaxlo.bakhodirova@mail.ru | |
Xujamqulova Maxbuba Bobonazarovna | m.xujamqulova@nuu.uz | |
Abdusagatova Firuza Xamidovna | firuza.10@mail.ru | |
Rasulov Namoz Murodulloevich | rasulovnamoz89@gmail.com | |
Tohirov Zohir Tohirovich | n.tohirov@nuu.uz |
To‘garaklar
“Turk tili” juma 12:00-13:00 M.Alkaya, “Turk tili” seshanba 12:00-14:00 K.Mamatov, “Lingvistika” N.Abdurahmonova, Q.Qobilova