Shu yilning 26-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston – BMT: umumbashariy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti va “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova ochib berdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Fayziyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Amaliy loyihalar va siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) Jaloliddin Yusubov, O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Sevinchoy Usmanova ma’ruza qildi.
Tadbir so‘nggida tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
