Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda O‘zMU hamda Oliy sud o‘rtasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ekspertlar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda kadrlarni tayyorlash sohasida qo‘shma loyihalar va tadbirlarni tashkil etish, Oliy Sud va uning tizimidagi tashkilotlarda talabalar amaliyotini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasi imzolanishga ham kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati