Joriy yilning 5-may kuni O’zbekiston Milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Ergashov Yoqub Suvonovich Turkiyaning Marmara universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Marmara universiteti bilan qo‘shma loyihalari tanlovida ishtirok etish bo’yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari hammualliflikda maqolalar chop etish, tadqiqotchilar ilmiy stajirovka o‘tashi bo’yicha muhokama etildi.

