2024-yil 08-noyabr kuni soat 16.00 da O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 – raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Shamsuddinov Baxodir Raximovichning “O‘zbekistonda hayot va pensiya sug‘urtasining demografik va moliyaviy asoslari” mavzusidagi 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.