Kengash majlisi avvalida O‘zMU rektori Inom Madjidov Prezident huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan taqdimot va unda muhokama qilingan masalalar mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirishga doir ko‘rsatmalar xususida gapirdi.
Shundan so‘ng, bir necha masalalar muhokama qilindi. Jumladan, universitetning Jizzax filiali direktori va o‘rinbosarlarining hisoboti tinglandi. Filialda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilganlik holatini o‘rganish natijalari tahlil qilindi.
2023/2024 o‘quv yilida rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari rejasining bajarilishi hamda universitetda o‘tkazilgan matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlaridan olimpiada g‘oliblarini tasdiqlash masalalari ko‘rildi.
Shuningdek, ta’lim sohasiga doir O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari, vazirlik buyruqlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi tahlil qilindi.