Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda ishlab chiqarishni boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ostanov O‘ktam, polietilen ishlab chiqarish sexi boshlig‘i Yusupov Furqat hamda kadrlar bo‘limi boshlig‘i Mambetlepesov Uralboy ishtirok etdi.

Korxona vakillari tadbir davomida “Uz-Kor Gas Chemical” faoliyati, mavjud ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi hamda yoshlarga yaratilgan qo‘shimcha sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uchrashuvda Kimyo fakulteti dekani Shahnoza Qodirova, professor Suvonqul Nurmanov, dotsent Orif Qodirov qatnashishdi va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.

Mazkur tadbir bitiruvchi talabalar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular nafaqat yirik ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, balki bo‘lajak ish joylari, ishga joylashish imkoniyatlari va ish sharoitlari haqida bevosita mutaxassislardan ma’lumot olishdi.

Bu esa talabalarda kasbiy yo‘nalishni aniq belgilash, o‘z bilim va ko‘nikmalarini ish jarayonida qanday qo‘llash bo‘yicha tushunchani shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘zMU Axborot xizmati