Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani Abduvahob Umarov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar Janubiy Koreyada xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Dastlab mazkur xorijiy mamlakatdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — DGIST universiteti (Daegu Gyeongbuk Institute of Science and Technology)ga tashrif buyurildi.

Delegatsiya universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilg‘or texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, talabalar almashinuv dasturi doirasida DGIST universitetida tahsil olayotgan O‘zMU talabalari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar davomida talabalar o‘z taassurotlari, bilim olish jarayoni va xorijiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

DGIST universiteti rahbariyati, jumladan, vitse-prezident hamda iqtisodiyot fakulteti dekani bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.

O‘zMU Axborot xizmati