Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti Rektor Kubogi uchun “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetining 107 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Talabalar festivali doirasida “Zakovat” intellektual musobaqasining Rektor kubogi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada har bir fakultetdan 5 tadan jamoa ishtirok etdi. Bellashuv jarayonida talabalar o‘z bilimlari, tafakkuri va zakovatini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

“Zakovat” musobaqasi nafaqat bellashuv, balki fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi bilim va zavqqa boy platforma bo‘lib xizmat qildi. Unda turli sohalarga oid qiziqarli, tahliliy va ijodiy savollar orqali ishtirokchilarning dunyoqarashi yanada kengaydi.

Yakuniy natijalarga ko’ra

1-o’rin Tarix fakulteti » Tirik tarix» jamoasi 12 million so’m
2-o’rin Tarix fakulteti «Klub IUM» jamoasi 10 million so’m
3-o’rin Tarix fakulteti «Kosmos» jamoasi 8 million so’m
4-o’rin Harbiy tayyorgarlik o’quv markazining «Qalqon» jamoasi

G‘olib jamoalar pul mukofoti, diplom hamda Rektor kubogi bilan taqdirlandi.

O‘zMU Axborot xizmati