Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zbekiston Milliy universiteti rektori YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etmoqda

Samarqand shahri YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda. Bu nufuzli xalqaro anjuman doirasida turli yo‘nalishlardagi uchrashuvlar, muloqotlar va ilmiy-amaliy muhokamalar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 4-noyabr kuni sessiya doirasida muhim tadbir — “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov ham ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda dunyo bo‘ylab oliy ta’lim tizimini yanada yaqinlashtirish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, diplom va ilmiy yutuqlarni o‘zaro tan olish mexanizmlarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

Ushbu konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun oliy ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu esa yoshlarimizga xorijiy ta’lim muassasalarida bilim olish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini yaratadi.

O’zMU Axborot xizmati