O‘zbekiston milliy universiteti tashkil etilganiga 105 yili to‘ldi

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida “O‘zbekiston milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va xorijiy mehmonlar ishtirok etmoqda. Vazir kirish so‘zida ta’lim dargohining O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, universitet jamoasi va mehmonlarni samimiy tabrikladi.