Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

ZAKOVAT: Siyosat va Diplomatiya Maydonida Intelektual Bahs!

O’zbekiston Milliy universiteti tomonidan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishidagi talabalar o‘rtasida Zakovat intelektual o‘yini tashkil qilindi.Siyosiy tafakkur, mantiqiy fikrlash va jamoaviy kuch sinovdan o‘tadigan mazkur o‘yinda bilimli, zukko va liderlik salohiyatiga 10 dan ortiq OTMlardan  30 ga yaqin jamoalar o‘zaro bellashdi.

Yakuniy natijalatga ko’ra :
1-o‘rin – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Boylarga mazza” jamoasi
2-o‘rin – Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti “Elita” jamoasi
3-o‘rin – O‘zbekiston Milliy Universiteti “Kratos” jamoasi

G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Bilimdonlar maydonida o‘z salohiyatini namoyon etgan barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz!

O’zMU Axborot xizmati