Shu yilning 25-oktabrdan 2-noyabrgacha Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani K. Inakov, “Ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri N. Latipova va magistr Ch. Abdug‘afurova Germaniyaning Nyurnberg texnika universitetida bo‘lib o‘tgan, Germaniya аkademik almashinuv xizmati (DAAD) va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilgan SOLID loyihasining Kick-Off uchrashuvida ishtirok etishdi.

Safar davomida “Xalqaro ijtimoiy ish” seminari doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti bilan SOLID loyihasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shuningdek, “Xalqaro taqqoslashda ijtimoiy ish va giyohvandlikni davolash” mavzusidagi panel muhokamasida qatnashildi, Nyurnberg talabalari bilan tajriba almashildi ва Mudra nodavlat tashkilotiga tashrif buyurildi.

SOLID loyihasining asosiy yo‘nalishi — ijtimoiy ish bo‘yicha qo‘shma doktorantura dasturini ishlab chiqishdir. Ushbu tarmoq orqali doktorantlar o‘z tadqiqotlarini rivojlantirish bilan birga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), BMT Taraqqiyot dasturi (PROON) va BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boshqarmasi (YUNODC) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Uchrashuv chog‘ida zamonaviy ilmiy dasturlarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, universitetning xalqaro imidji mustahkamlandi va Nyurnberg texnika universiteti, Markaziy Osiyo hamda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlari bilan ilmiy hamkorlik uchun poydevor yaratildi.