O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarda sahna madaniyati, nutq mahorati va ijodiy tafakkurni rivojlantirish maqsadida fakultetlar o‘rtasida an’anaviy “Teatr studiyalari” tanlovi tashkil etildi. Tadbirda turli fakultetlardan iqtidorli talabalar ishtirok etib, adabiy asarlar asosida ijodiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va dramatik spektakllarni namoyish qildi.

Tadbir davomida talabalar jamoalari sahna harakati, aktyorlik mahorati, obraz yaratish, libos va dekoratsiya ishlanmalari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov jarayoni tomoshabinlar, o‘qituvchilar hamda hakamlar hay’ati tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.

Natijalar:
1-o‘rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi — “Toshkentga sayohat” spektakli
2-o‘rin: Fizika fakulteti — “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakli
3-o‘rin: Xorijiy filologiya fakulteti — “O‘tgan kunlar” spektakli
4-o‘rin: Geologiya va muhandislik geologoyasi fakulteti — tanlovning faol ishtirokchisiga aylandi.

Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, barcha jamoalarga minnatdorlik bildirildi. Tanlov talabalarning badiiy didi, ijodkorlik qobiliyati, sahna madaniyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
O’zMU Axborot xizmati