
Talaba-yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishni, internet orqali kirib kelayotgan ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy xurujlarni to‘g‘ri baholashga o‘rgatish, shuningdek, mediakontent yaratishga uquvi bor yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularni moddiy rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida Mediastudiya faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ushbu mediastudiya talabalar uchun ijodiy va texnik maydon hisoblanib, unda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida tez-tez ko‘tariladigan va keng muhokama qilinadigan quyidagi 10 ta mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha audio, video, grafika va boshqa turdagi mediakontentlar yaratiladi:
“Vatanparvarlik, milliy g‘urur va harbiy xizmatga shaylik”;
“Yoshlarning axloqiy tarbiyasi va muomala madaniyati”;
“Tarixiy va milliy o‘zlikni anglash”;
“Ta’lim sifati va ilm olishga motivatsiya berish, ma’rifatparvarlik”;
“Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va targ‘ib qilish”;
“Milliy qadriyatlar va madaniy merosni ulug‘lash”;
“Mentalitetimizga yot illatlar, g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ga qarshi kurash hamda “fakt cheking” ;
“To‘g‘rilik, halollikni targ‘ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurash”;
“Ekologik madaniyat, “yashil makon” va “yashil iqtisodiyof” ni targ‘ib qilish”;
“Sog‘lom turmush tarzi va sport” .
Mediastudiyalarda tasdiqlanadigan media-grafik asosida talabalar tomonidan har oyda belgilangan 10 ta mavzu va yo‘nalishda 1 tadan, jami 10 tagacha mediakontent yaratiladi.
Oliy ta’lim muassasasi Shtabi xulosasiga asosan, oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har bir kontent muallifiga 300 ming so‘mdan bir oyda jami 3 mln so‘mgacha miqdorida mablag‘ to‘lab beriladi.
Oliy ta’lim muassasasi Shtabi xulosa berishda quyidagilarga asoslanadi:
Kontentning mavzuga to‘liq mos kelishi;
Kontentning tarbiyaviy ahamiyatga egaligi;
Mavzudagi asosiy g‘oya aniq va tushunarli bayon qilinishi;
Mavzuni yoritishda shaxsiy ijodiy yondashuv va mualliflik g‘oyalarining mavjudligi (aynan ko‘chirilmaganligi);
Kontent yoshlar dunyoqarashi va qiziqishlariga mosligi (ta’sirchan va qiziqarliligi);
Yoshlarni ijobiy fikrlash, harakat qilish yoki o‘rnak olishga undashi;
Tili, uslubi va vizual jihatlari yoshlar uchun tushunarli bo‘lishi;
Montaj, musiqa va vizual effektlardan samarali foydalanilganligi.
Bunda, bir marta foydalanilgan videorolikdan qayta foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Ushbu videokontentlar ijtimoiy tarmoqlar (YouTube, Instagram)da e’lon qilingandan keyin (shu kundan) o‘n besh kun mobaynida yiqqan ko‘rishlar soniga muvofiq:
Ko‘rishlar soni 5 000-10 000 bo‘lsa, 100 ming so‘m;
Ko‘rishlar soni 10 000-30 000 bo‘lsa, 200 ming so‘m:
Ko‘rishlar soni 30 000 dan ortiq bo‘lsa, 300 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.
O‘zMU Axborot xizmati