Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida “Premier Languages” tillar markazi tashkil etildi

Bugun, 15-oktyabr kuni xorijiy tillarni puxta o‘rgatadigan “Premier Languages” tillar markazi rasmiy o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov fakultet binosida universitet hamda xususiy sektor hamkorligida davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan ushbu markazga tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur zamonaviy markaz barcha qulayliklarga ega bo‘lib, respublikada joylashgan korxona va tashkilotlar hodimlari, maktab o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar hamda boshqa shaxslarga o‘zbek, rus va xorijiy tillarni (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, yapon, koreys, xitoy, turk) xalqaro metodik tizimlar asosida o‘qitishni rejalashtirgan.

Markaz turli test tizimlari bilan hamkorlikda chet tillarini bilish darajasini aniqlovchi IELTS, DELF, TESTDAF, TOPIK, JLPT singari til imtihonlariga ham tayyorlaydi.

Shuningdek, markaz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yetarlicha bilimga ega bo‘lmagan abituriyentlar uchun chet tillarida bir yillik (foundation) til kurslarini tashkil etadi. Xalqaro tadbirlarda xorijliklarga xamrohlik va gid tarjimonlik xizmatlari ham yo‘lga qo‘yiladi.