Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zbekiston Milliy universitetida “Xavfsiz talaba” shiori doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi

Mazkur tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti birinchi prorektori J.Muhammadiyev, Olmazor tumani 4-sektor rahbari Sh.Tojiboyev, Olmazor tumani IIO FMB JTSB boshlig‘i M.O‘rinboyev, Tergov departamenti boshlig’i o’rinbosari T.Arabboyev, 4-IIB boshlig’i A.Xalimov, hudud profilaktika inspektori, podpolkovnik A.A.Abdulhaqovlar ishtirok etib, muhokama o’tkazishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yot va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, turli xil jinoyat va bezoriliklarga yo‘l qo‘ymaslik kabi mavzularda tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, ushbu noqonuniy xatti-harakatlarning huquqiy oqibati tushuntirildi.