Bugun, 8-iyul kuni O‘zbekiston Milliy universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun “Jurnalistika” hamda Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” ta’lim yo’nalishi uchun ijodiy imtihonlar start oldi.

Dastlab abituriyentlarga Qabul komissiyasi mas’ullari, Imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan jarayonlar haqida batafsil tushuncha berildi.

Abituriyentlar ikki xil: yozma (insho) va og’zaki shaklda ijodiy imtihon topshiradilar. Imtihonni ushbu havola orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud.
O’zMU Axborot xizmati