O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forum

18–19 noyabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

🔴Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi prorektori Jabbor Muhammadiev va Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Oxundadaev ishtirok etmoqdalar.

🔴Forum doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Germaniyaning bir qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlik yo‘nalishini kengaytirish va hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha rasmiy hujjatlarni imzoladi.

🔴Jumladan, Germaniyaning Leibniz nomidagi Gannover universiteti va Märkisches innovatsiya va texnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti bilan ilmiy-innovasion hamkorlik memorandumini imzoladi.

🔴Shuningdek, Berlin texnika universiteti va Bremen universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

🔴Ushbu hamkorlik ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.