Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, akademik, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Abdurazzoq Mirzayev, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh geolog o‘rinbosari Ilhomjon Hamroyev hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati yetakchi geologi Shomurod To‘qsonov universitetda mehmon bo’lib, tadbirda ustozlarning geologiya sohasiga qo‘shgan hissalari, ilmiy faoliyatlari tilga olindi. 🔶 Shuningdek, uchrashuvda universitet rahbariyati, jumladan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Yoqub Ergashov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-20_00-36-32-1024x768.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-20_00-36-35-1024x768.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-20_00-36-37-1024x768.jpg)