Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU hamda AQShning Vebster universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya AQShning Vebster universitetida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ikkala tomon o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda AQSHning Vebster universiteti prezidenti Julian Shustern o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi. Unga ko‘ra, kimyo va bilogiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.