⏺ 14-16-noyabr kunlari mamlakatimizda “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti iqtidorli talabalari ham o‘z loyiha va g‘oyalari bilan ishtirok etmoqda.
⏺ O‘zbekistonda fan, texnologiya va innovatsion siyosat hamda ilmiy-texnologik park amaliyotlari bo‘yicha UNCTAD milliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Gulchehra Bekimatova boshchiligida bir guruh talabalar mazkur seminarda qatnashishdi.
⏺Fizika fakulteti 2-bosqich magistranti Muhammadali Niyozaliyev hamda Kimyo fakulteti 1-bosqich magistranti Zulfizar Toshpo‘latova o‘z loyihasi bilan «C.A.T. Science Accelerator 6.0» dasturi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan «Demo day»da ishtirok etib, sovrindor bo‘lishdi.