Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU magistrantlari «Fujayra Open – 2025» musobaqasida 2 ta oltinga ega chiqdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi «Fujayra Open 2025″ musobaqasi o‘tkazildi. Kuni kecha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslar nihoyasiga yetdi.

Bir guruh taekvondochilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilib, 9 ta (2 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza) medalga ega chiqdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti magistrantlari Jasurbek Jaysunov hamda Svetlana Osipova turnirda mutlaq g‘olib bo‘lib, 2 ta oltinni terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘yishdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Svetlana Osipova (+73 kg) oltin, Madina Shoniyozova (46 kg), Zuhra Tojimatova (46 kg), Laylo Hasanova (49 kg), Shabbona Abduvaliyeva (57 kg) va Ozoda Sobirjonova (67 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Nufuzli turnirning erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan Jasurbek Jaysunov barcha raqiblarini yengib, oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Najmiddin Qosimhojiyev kumush, Yodgorbek Jo‘raboyev (74 kg.) esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Shu tariqa, «Fujayra Open – 2025» turniri o‘zbek taekvondochilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Umumiy hisobda milliy termamiz musobaqani 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza jami 9 medal bilan kuchli uchlikda yakunladi.

O‘zMU Axborot xizmati