O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti professor-o‘qituvchilari 2024 yil 7-8 noyabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida tashkil etilgan «ЦИФРОВАЯ РЕАЛЬНОСТЬ: НОВЫЕ ВЫЗОВЫ В КАРТОГРАФИИ, ГИС И ДЗЗ» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
QozMU Kartografiya va geoinformatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda geodeziya, kartografiya, amaliy geodeziya, geodezik o‘lchashlarni matematik qayta ishlash nazariyasi, GNSS va geodinamika fanlarining zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risida fikr almashildi. 6B07301-Geodeziya va kartografiya, 6B07302-Geoinfornatika, 6B07304-Kadastr ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun darslar tashkil etildi.
Yig‘ilish va “Kartografiya va geoinformatika” kafedrasi xodimlari bilan o‘zaro fikr almashish doirasida boshqarmaning moddiy-texnik bazasi bilan tanishish tadbirlari tashkil etildi. Geodeziya, kartografiya, kadastr va GISga oid fanlarni o‘qitish uchun mo‘ljallangan ma’ruza zallari va laboratoriyalariga tashrif buyurildi. Yerni masofadan zondlash texnologiyasini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy elektron geodeziya asboblari, GNSS texnologiyalari va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan jihozlangan Qozog‘iston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti professor-o‘qituvchilari va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geografik axborot tizimlari fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida Scopus, Web of Science va RSCI (RSCI) maʼlumotlar bazalarida indekslangan jurnallar uchun hamkorlikda ilmiy maqolalar yozish, shuningdek, zamonaviy ilmiy loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha kelishib olindi.
O‘zMU Axborot xizmati