2021-yil 22-23 noyabr kunlari Qozog’iston Fanlar akademiyasi Falsafa instituti va Qozoq Milliy universiteti hamkorligida «III – Qozog’iston Milliy kongressi» ning yalpi majlisida O’zbekiston Milliy universiteti «Falsafa va ma’naviyat asoslari» kafedrasi mudiri Niginaxon Shermuxamedova kongress ishtirokchilarini tabrikladi. Shuningdek, professor Niginaxon Shermuxamedova mazkur kongressda «Zamonaviy falsafani rivojlantirish istiqbollari va ijtimoiy taraqqiyot” mavzusida ma’ruza qildi.
Kongressda professor Niginaxon Shermuxamedovaning Qozog’iston O’zbekiston davlatlarning ilmiy madaniy aloqalarini mustahkamlashdagi ishtiroki e’tirof etildi va Qozoq falsafa kongressi Boshqaruvining faxriy a’zosi etib saylandi.
O’zMU Axborot xizmati