Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU rektori Qozog‘istonning ikki nufuzli universiteti rahbarlarini qabul qildi

Bugun, 24-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov S. Utebayev nomidagi Atirau neft va gaz universiteti rektori Gulzada Shakulikova va D. Serikbayev nomidagi Sharqiy Qozog‘iston universiteti rektori Saule Rahmetullina bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, xususan geologiya, konchilik ishi, neft-gaz, geoinformatika, kimyo, fizika, yadro-fizika, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlar masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar hamkorligini kengaytirish, talabalar va doktorantlar uchun stajirovkalar tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

Shuningdek, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish va grantlar doirasida birgalikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida taklif va tashabbuslar asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish va kelgusida anglashuv memorandumini imzolash kelishib olindi.

O‘zMU Axborot xizmati