Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zMU talabalari dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 2 kunlik Media-maktabda tahsil olishdi



Joriy yilning 26-27 fevral kunlari Toshkent shahrida  jurnalist, bloger hamda yosh mutaxassislar uchun Mediamaktab tashkil etildi. Mazkur treningda, O’zMU Yurisprudensiya yo’nalishi talabalari Abdiyeva Dilfuza va Turanov Diyorbek o’z tajribalarini yosh jurnalist blogerlar bilan almashish maqsadida faol ishtirok etdilar va 27 nafar mutaxassislar safida Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi elchisi tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Mazkur Media maktab ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar hamda «Yuksalish» harakati ijrochi direktori Asqar Mamatxanov ishtirok etdi.

Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Mediata’lim va faktlarni tekshirish: tanqidiy tafakkur va axborot savodxonligini rivojlantirish” dasturi doirasida o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli loyiha davomida yoshlarga O‘zDJTU “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi dotsenti – Beruniy Alimov, hamda Polshaning “Stowarzyszenie Pravda” nodavlat tashkiloti prezidenti, xalqaro faktlarni tekshirish tarmog‘i (IFCN) a’zosi va Yevropa raqamli media observatoriyasi (EDMO) faktcheking hamjamiyati vakili – Jakub Jan Sliz o’zlarining milliy va xalqaro bilim-ko’nikmalari asosida trening mashg’ulotlarini o’tishdi.


Xalqaro aloqalar bo’limi