Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zMU talabalari matematika bo’yicha o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 2 ta medalni qo’lga kiritdi

26-31-may kunlari Urganch shahrida matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi III Xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Xalqaro olimpiadada O’zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti iqtidorli talabalaridan iborat terma jamoa fakultet o’qituvchilari Karim Raximov, Suqrotbek Qurbonboyev boshchiligida ishtirok etib, 2 ta bronza medalni qo’lga kiritdi.

Bronza:
Nabixon Nabixonov (4-kurs);
Ashirov Abduvahhob (1-kurs);

Sertifikat:
Suyunova Madina (1-kurs)
Yusupov Ramziddin (2-kurs)

Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.