Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O’zMU talabalari xalqaro olimpiadada sovrindor bo’ldi

Joriy yilning 15-20-aprel kunlari Turkmanistonning Yagshygeldi Kakayev nomidagi neft va gaz xalqaro universitetida 2-xalqaro Informatika olimpiadasi bo’lib o’tdi. 

Unda O’zbekiston, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Ruminiya, Ozarbayjon, Belorussiya, Armaniston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qatar, Gruziya, Xitoy, Eron kabi davlatlarning 52 ta oliy ta’lim muassasalaridan 270 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. 

Mazkur olimpiadada O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-bosqich talabasi Oydin Abdurasulova 3-o’rinni egalladi. Shuningdek, 1-bosqich talabasi Nodirbek Nasrullayev ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Olimpiada hakamlar hay’ati tarkibida O’zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri U.Adambayev va Sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti D.Saidovlar ishtirok etishdi.