Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida akademik Oqil Salimov boshchiligida talabalari uchun 14-fevralda Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlari tavsilotlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar yakunida jamg‘arma tomonidan har oy o‘tkazib kelinadigan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” haqida bo‘lib o‘tgan navbatdagi mavzusida insholar tanlovida O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Laylo Omonboyeva 2-o‘rinni egallab, 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
1-o‘rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Ilhomjon Absaitov, 3-o‘rinni esa Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Shahnozabonu Muhammadjonova qo‘lga kiritdi.