⏺15-noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan “O‘zbekistonning bebaho merosi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⏺Elchixona bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir 2025-yili Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag‘ishlandi.
⏺Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi, iqtidorli talabalari, O‘zbekiston elchixonasi vakillari, Germaniyadagi o‘zbekistonliklar va tahsil oluvchi o‘zbek yoshlari, nemis ekspertlari, nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.