Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi tadqiqtchilari Almati va Tau Turan o‘quv-sog’lomlastirish majmuasi(Qozog’iston)da bo‘lib o‘tgan “Jurnalistika sun’iy intellekt davrida: texnologiyalar Markaziy Osiyo va Xitoyda medialarni qanday o‘zgartirmoqda” mavzuidagi XXII-Xalqaro qishki maktabida ishtirok etdilar.
Media maktabni o‘tkazish tashabbuskori Markaziy Osiyo-Xitoy Jurnalistika tadqiqotlari Markazi bo‘ldi. Uning tarkibiga O‘zMU Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetidan tashqari Qozog’iston, Qirg’isiston, Qoraqalpog’istonning yetakchi universitetlari jurnalistika bo‘limlari va fakultetlari kirgan. Qishki maktabda ilk marotaba Xitoy Xalq Respublikasi Siyant universitetining Jurnalistika va yangi medialar Maktabi olimlari, magistrantlari, Bangladesh, Yaman va Afg’onistondan kelgan yosh tadqiqotсhi hamda talabalar qatnashdi.
BMTning Global kommunikatsiyalar Departamenti va Axborot Byurosining Qozog’istondagi Vakolatxonasi, Qozog’iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi, Narxoz universiteti ko‘magida o‘tkazilgan ushbu tadbir butun dunyoda har yilning fevral oyida nishonlanadigan Jahon radio kuniga bag’ishlandi.
Uch kunlik media maktab davomida mintaqa davlatlari va Xitoy ommaviy axborot vositalari faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish trendlari, tendensiyalari va istiqbollariga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi. O‘zMU vakillari ma’ruzalarida Vatanimida faoliyat yuritayotgan O‘zA axborot agentligi va qator internet OAV amaliyotida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish natijalari bayon etildi. Boshqa davlatlardan ishtirok etgan olimlar, talaba va yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalarida ham OAV tahririyati va jurnalist mehnatining transformatsiyasida sun’iy intellektning ijobiy hamda salbiy ta’sirlari xususida fikr yuritildi.
Xitoylik hamkasblar DeepSeek texnoligiyasining ommaviy axborot vositalari va ta’lim sohasida joriy etilishining dastlabki natijalari bilan o‘rtoqlashdilar.
XXII-Xalqaro qishki maktabi ishi davomida talabalar va media sohasi tadqiqotchilari o‘rtasida mediasavodxonlik masalalariga bag’ishlangan faol muloqotlar ham olib borildi. Ushbu muloqotlar yakunlari bo‘yicha hamkor universitetl;ar yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mintaqasi talaba jurnalistlarining eng yaxshi ilmiy va ijodiy ishlarini namoyish etadigan media festivalini tashkil etish niyatini bildirdilar.





