Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMUda respublika fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida butun respublika fransuz tili o‘qituvchilari uchun 25-27-noyabr kunlari 45 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Ushbu jarayonga Fransiya oliy ta’lim muassasalaridan ikkita professor-o‘qituvchi jalb qilingan. Fransuz tili o‘qituvchilari bolalar uchun fransuz tilini o‘qitish metodlari hamda teatr yordamida bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayerlash modullari bo‘yicha tajriba oshirishdi.
Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni munosabati tashkil etilgan mazkur malaka oshirish kurslari mutaxassislar, pedagoglar uchun juda foydali bo‘ldi. Axborot resurs markazi majlislar zalida o‘tkazilgan yakuniy seminarda barcha pedagoglar o‘zlarining fikr-mulohazalari ishtirok etishdi.
Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev fransiyalik o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi. Mehmonlar mazkur seminarni tashkil etishda amaliy yordam bergan O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘z tashakkurlarini izhor etishdi.

O‘zMU Axborot xizmati