O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida an’anaviy “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda universitetning turli fakultetlaridan tashkil topgan teatr studiyalari ishtirok etib, o‘zlarining sahna asarlari bilan barchaga yorqin taassurot ulashdi. Talabalar tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar o‘zbek adabiyoti klassik asarlaridan tortib zamonaviy sahna asarlarigacha bo‘lgan keng mavzularni qamrab oldi.
Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilarning aktyorlik mahorati, sahna bezagi, rejissura va ijodiy yondashuv kabi mezonlar asosida baholandi. Tomoshabinlar talabalar ijrosidagi hayotiy va ta’sirchan sahnalarni katta qiziqish bilan kuzatishdi.
Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib va faol ishtirokchilar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng yaxshi teatr studiyalarining chiqishlari Respublika bosqichida universitet sharafini himoya qilish uchun yo‘llanma oldi.
«Talabalar teatr studiyasi» respublika koʻrik tanlovi natijalari:
1-oʻrin: Fizika fakultetining «Humo» jamoasi
2-oʻrin: Amaliy matematika fakultetining «Kashfiyot» jamoasi
3-oʻrin: Ijtimoiy fanlar fakultetining «Billur» jamoasi
“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasini Fizika fakulteti «Humo» jamoasi ishtirokchisi Nurbek Toshturdiyev, “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasini Amaliy matematika fakulteti «Kashfiyot» jamoasi ishtirokchisi Kamola Qodirova egalladi.
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi Ijtimoiy fanlar fakulteti «Billur» jamoasi ishtirokchisi Ra’no Atamqulovaga nasib qildi.
Mazkur tanlov talabalarning ijodiy fikrlashi va jamoaviy ish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, universitetda madaniy muhitni yanada boyitishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
O‘zMU Axborot xizmati