Fransiya elchixonasi hamda “Lions club de France” xalqaro frankofon markazlari uyushmasi hamkorligida “Fransiyaga bir oylik sayohat” tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetining Fransuz filologiyasi kafedrasi 4 nafar talabasi: Farida Jo’raqulova, Sevinch Axrorova, Arofat Jo‘raqulova va Maftuna Shodiqulova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Fransiyaga bir oylik sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ma’lumot o‘rnida, butun dunyo bo‘yicha o‘tkaziladigan ushbu tanlovda O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishadi.
Talabalarimizga ko‘mak bergan Fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari hamda kafedra mudiri Dildora Jafarovaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.
Fransiyaga bir oylik sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan talabalarimizga esa zavqli sayohat tilaymiz.
O’zMU Axborot xizmati