🔴Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoyning Pekin Geologiya universiteti (China University of Geosciences, Beijing – CUGB) universitet prorektori Dameng Lyu boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Uchrashuv avvalida har ikki tomon universitetlar faoliyati va yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar almashdilar.
Ta’kidlash joizki, Pekin Geologiya universiteti QS by Subject fan yo‘nalishlari dunyo reytingida geologiya yo‘nalishida TOP-150 universitetlar qatoridan o‘rin olgan.
🔴Muzokaralar jarayonida Pekin Geologiya universiteti prorektori janob Dameng Lyu O‘zMu bilan hamkorlik olib borish hamda hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha taklifni bildirdi.
🔴Mazkur hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘quv va ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talabalar hamda o‘qituvchilar o‘rtasida akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi takliflar muhokama qilindi.
🔴Tomonlar “Muhandislik geologiyasi va yangi energetik resurslari” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy xalqaro o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etishga qiziqish bildirdilar. Ushbu laboratoriyani yaratish orqali qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlarda ishtirok etish, talabalarning dala amaliyotlarini tashkil etish, shuningdek, o‘quv va ilmiy nashrlarni hamkorlikda tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshirish vazifalarini ko‘zda tutishini alohida ko‘rsatib o‘tdilar.
🔴Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi, hamkorlikni amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun onlayn muloqot o‘tkazishga kelishib olindi.
