Bugun, 12 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga professor — Zelona-Gura universiteti vakillari Yakub Kostetskiy, Agneşka Yashchak, Tomas Dimniylar tashrif buyurdi. Mazkur tashrifning maqsadi ekologiya yo‘nalishida Erasmus+ dasturini yo‘lga qo‘yish va mazkur grantning hujjatlarini imzolashdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Erasmus+ dasturi doirasidagi professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik mobillik imkoniyatlari, ilmiy stajirovkalar hamda innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida Erasmus+ dasturi shartnomasi imzolandi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.



