Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Portugaliyaning Porto universiteti O’zMUda

Bugun mazkur universitetning professori Maria da Gonceição Branco da Silva Erasmus dasturi doirasida O’zMUga tashrif buyurdi. Uni O’zbekiston Milliy universiteti, Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova, Xalqaro hamkorlikni tashkil qilish bo’limi boshlig’i Javlonbek Madatov, Ta’lim infratuzulmasini transformatsiya qilish bo’limi boshlig’i Nodir Narziyev hamda Kimyo fakulteti professor-o’qituvchilari kutib olishdi.

Bugungi uchrashuvda, mazkur universitet bilan professor-o’qituvchilar o’rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo’yicha fikrlar almashinildi va kelajakda Kimyo fakulteti professorlari bilan ilmiy maqolalar nashr qilish hamda xalqaro ilmiy loyihalarni yo’lga qo’yish bo’yicha kelishib olindi.

Porto universiteti professori Maria da Gonceição Branco da Silva, 1 hafta mobaynida, Kimyo fakulteti talabalariga amaliy mashg’ulot olib boradi, hamda professor o’qituvchilar bilan xalqaro ilmiy loyihalar yozish bo’yicha master-klasslar o’tkazadi.