Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

PRESETT dasturi doirasida o‘tkazilgan Milliy forumda O‘zMU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi

Bugungi globallashuv sharoitida O‘zbekistonda yoshlarga xorijiy tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Britan Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakatda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash (PRESETT) tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilarining professional tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida izchil ishlar olib bormoqda.

 

Ushbu maqsadda 2026-yil 6–7-yanvar kunlari Britan Kengashi hamkorligida PRESETT tizimi asosida Milliy forum tashkil etildi. Forumda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida PRESETT tizimini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, mavjud muammo va qiyinchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan turli interaktiv mahorat darslari o‘tkazildi.

Mazkur Milliy forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.