Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Prorektor o‘zi tahsil olgan maktabga kitob sovg‘a qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Nushkent qishlog‘ida joylashgan 17-maktabga tashrif buyurib, mazkur muassasa jamoasi bilan uchrashdi.

Prorektor o‘zi tahsil olgan maktab kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotiga taalluqli 100 ga yaqin badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

J.Muhammadiyev maktab jamoasi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qildi. O‘zining maktab davrlaridagi zavqli xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Oddiy maktab o‘quvchisidan tortib prorektorlikkacha bosib o‘tgan yo‘li, shaxsiy tajribalari, ustozlarining ta’lim-tarbiyasi haqida so‘zlab berdi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va taklifi bilan yurtimizda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqish yanada oshayotgani yoshlarning odob-axloqiga, tarbiyasiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bor gap, albatta.

Mamlakatimiz bo‘ylab barcha darajadagi rahbarlar, ziyolilar, ishchi-xodimlar tomonidan o‘zlari tahsil olgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kitoblarni bayramona tarzda sovg‘a qilish jarayoni o‘ziga xos an’anaga aylangani quvonarli.

     

O‘zMU Axborot xizmati