Proxorova Lyudmila Lvovna
Proxorova Lyudmila Lvovna, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi, pedagogika fanlari nomzodi. 2020 yildan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlik qiladi. 2007 yildan 2019 yilgacha Rossiya Davlat gumanitar universiteti (RSUH), Moskva rus tili xalqaro o‘quv va ilmiy markazida ishlagan. Gent universitetida (Belgiya) stajirovka oʻtagan, Moʻgʻiliston (Ulan-Bator, Darxon shaharlari), Turkmaniston (Ashxobod), Italiya (Padua universiteti)da mahorat darslarini oʻtagan; turli mamlakatlardagi ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. “Oʻzbekiston tarixi boʻyicha tarixiy atamalar lugʻati” hammuallifi (V.A. Kostetskiy bilan birgalikda). “O‘zbekiston voqeligini hisobga olgan holda ekologiya atamalari lug‘ati” tuzuvchisi. Kurslar muallifi: “Xorijiy talabalar uchun rus tili darslarida videomateriallar”, “Rus tilini chet tili sifatida o‘rganishda multfilmlar”.2007-yildan 2019-yilgacha Moskva shahridagi Rossiya Davlat Gumanitar Universitetining (RDGU) Rus tili xalqaro ilmiy-o‘quv markazida faoliyat yuritgan.
Ma’lumoti
- 1983-1989 yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetining “Rus tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
- 2000-2005 yillarda Rossiya Federatsiyasi Ta’limni rivojlantirish federal institutida aspiranturani tamomlagan.
- 2005-yilda “Texnik oliy o‘quv yurtlari ko‘p millatli talabalarining rus tili darslarida leksikografik manbalardan foydalangan holda kasbiy kompetentsiyasini shakllantirish” (13.00.02) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.
Ixtisoslashgan sohalari
leksikografiya, terminologiya.