Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Puatye universiteti vakillari OʻzMUda

Bugun O’zbekiston Milliy universitetiga Fransiyaning Puatye universiteti prorektori Stéphane Mottet, Xalqaro bo’lim boshlig’i Caroline Bélan-Ménagier hamda O’zbekistondagi Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo’yicha maslahatchi Serge Bellini lar tashrif buyurishdi. Ularni xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova, ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo’limi boshlig’i Nodir Narziyev, Biologiya va ekologiya fakulteti dekani Rustam Allaberdiyev, hamda Amaliy matematika va intelektual texnologiyalari va fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor Oʻzbekistonda Oʻzbekiston – Fransiya universiteti ochilishi munosabati bilan mazkur xorijlik hamkorlar bilan bir necha bor uchrashuvlar o’tkazilgan.

Bugungi uchrashuvda esa konsorsium universitetlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar hamda ishning navbatdagi jarayonlari toʻgʻrisida suhbat olib borildi.


Xalqaro aloqalar bo`limi