O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Qo‘qon universiteti o‘rtasida fan va ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur bitim o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, bir necha yo‘nalishlarda faol hamkorlik olib borishga qaratilgan bo‘lib, OTM rahbarlari Inom Madjidov hamda G‘afurjon Zaxidov tomonidan imzolandi.
Memorandumga ko‘ra, kelgusida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilinadi, bakalavriat va magistratura talabalari, doktorantlar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashilinadi, Qo‘qon universitetining ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida tegishli mavzulardagi dissertatsiya tadqiqotlari O‘zbekiston Milliy universitetida mustaqil izlanuvchilik shaklida amalga oshiriladi.